23:42 / 10.07.2015
1860

Kerjakov Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Aleksandr Kerjakov Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Moskovskiy futbol” internet-nashri.

Futbolchining kelajak faoliyati borasidagi aniqlik keyingi haftada Kerjakovning klub rahbariyati va “Gazprom” kompaniyasi bilan uchrashuvi paytida kiritiladi.

Avvalroq 32 yoshli futbolchiga Samaraning “Krilya Sovetov” va Krasnodarning “Kuban” klublari qiziqish bildirayotganlari ma'lum qilingandi.

Top