17:01 / 10.07.2015
2236

Nazarboyev terrorchilikka qarshi kurashning yagona tarmog‘ini yaratishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev terrorchilikka qarshi kurashning yagona tarmog‘ini yaratish masalasini BMT darajasiga olib chiqishni taklif qildi. Bu taklifni u Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida bayon etdi.
“Fuqarolarimizning terrorchilar tarafida turib harbiy harakatlarda ishtirok etayotgani jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda”, – tan oldi Nazarboyev.
Uning fikricha, bu tahdidga qarshi kurashning yagona xalqaro tizimini yaratish payti keldi, va bu ishga ShHT davlatlari o‘z hissasini qo‘shishi kerak.
“Shu bois BMTning kelayotgan assambleyasi kun tartibiga terrorchilikka qarshi kurashning yagona tarmog‘ini yaratish masalasini kiritish to‘g‘ri bo‘lar edi”, – dedi Qozog‘iston yetakchisi.

Top