18:47 / 10.07.2015
2248

Osiyo taraqqiyot banki Toshkentdagi KOICA markaziga tashrif buyurdi

8 iyul kuni Osiyo taraqqiyot banki Markaziy va G‘arbiy Osiyoda aholi bandligini ta'minlash uchun ta'lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilar missiyasi vakillari Kristina Martinez va Vladimir Gasskov Toshkentdagi Professional ta'lim markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishib chiqdi.
Uchrashuv chog‘ida mehmonlar markaz bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashda erishilgan natijalar bilan tanishtirildi.
Mehmonlar, shuningdek, markazda ta'lim jarayonining tashkil qilinishi bilan bog‘liq masalalarga o‘z qiziqishlarini bildirishdi.
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng delegatsiya markazni aylanib chiqib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, missiya vakillari markazning faoliyatini qoniqarli baholadi va missiya mandati O‘zbekistonga bu borada texnik yordam tashkil qilish bo‘yicha konkret taklif bildirish imkonini berishini aytib o‘tdi.

Top