12:28 / 10.07.2015
10840

Putin O‘zbekiston prezidentini Rossiyaga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimovni Rossiyaga rasmiy safar bilan tashrif buyurishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Eslatib o‘tmoqchi edimki, siz ko‘pdan buyon davlat tashrifi bilan bizga kelmadingiz. Biz muntazam ravishda muloqot qilamiz, uchrashib turamiz. Siz Rossiyada tez-tez bo‘lasiz, ammo bunday rasmiy diplomatik narsalar mazmunga ega. Sizni Rossiya Federatsiyasiga rasmiy safar bilan kelishga taklif qilaman”, – dedi Rossiya yetakchisi Ufa sammiti doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston yetakchisi Putinning taklifini qabul qilgan. Rasmiy tashrif shu yili amalga oshirilishi kutilmoqda.

Top