14:41 / 10.07.2015
3014

Putin: ShHT rahbarlari o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlab, xalqaro masalalarni muhokama qiladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi Ufada ish boshladi. Ayni paytda rahbarlar tor doirada uchrashuv o‘tkazmoqda, keyinroq kengaytirilgan formatda yig‘ilish o‘tkaziladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yig‘ilishga tashrif buyurgan davlatlar rahbarlarini Ufadagi Kongress-Xoll foyesida kutib oldi.
“Bugun biz ShHTning 2014-2015 yillardagi faoliyati yakunlarini yasashimiz kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, tashkilot faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqishimiz, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlab, xalqaro masalalarni muhokama qilishimiz talab qilinadi”, – dedi Putin majlisning ochilishida so‘zlagan nutqida.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, rahbarlar yig‘ilishida yangi davlatlarning tashkilotga qo‘shilishi masalasi muhokama qilinadi.

Top