17:45 / 10.07.2015
3610

Qozog‘istonda sayyohlik firmasi bilan bog‘liq yana bir mojaro boshlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida firibgarlikda ayblangan sayyohlik firmasi fosh qilindi. Bu firma faoliyat yuritib kelayotgan davrda 23 nafar fuqaroni aldab ketgan, deb yozmoqda Qarag‘anda ichki ishlar departamenti matbuot xizmati.

Sayyohlik firmasi issiq o‘lkalarda dam olish uchun fuqarolardan pul yig‘ib olgan va hech qanday sayohat tashkil qilmagan. Bu borada 23 nafar jabrlanuvchi murojaat qildi, deb yoziladi tashkilot xabarida.

Besh yildan buyon faoliyati yuritib kelayotgan mazkur firma so‘nggi paytlarda moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan. Shu maqsadda ular ancha arzon narxlarda sayyohlik paketlarini taklif qilgan va faqat naqd pulda to‘lovlarni qabul qilishgan. Hozirda turli takliflar bo‘yicha pul to‘lagan 100ga yaqin fuqarolar sayohatga chiqa olmay turishibdi.

Mazkur ish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top