14:00 / 10.07.2015
7631

Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy S6 Edge Plus: fabletlar haqida yangi tafsilotlar

Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy S6 Edge Plus fabletlari sentabrda bo‘lib o‘tadigan IFA 2015 ko‘rgazmasida birinchi marta anons qilinishi mumkin. SamMobile sayti ushbu yangi apparatlar yangi tafsilotlarni oshkor qildi.

Ma'lum qilinishicha, ikkala fabletning orqa paneli shishadan ishlanadi. Bunday holat Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlarida ham kuzatilgan edi. Bu holatda ularda xotira kartasi sloti bo‘lmasligi mumkin.
Apparat platformalariga kelsak, Galaxy Note 5 uchun asosni Exynos 7422 chipi tashkil qilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya Exynos 7430 versiyasini sinovdan o‘tkazayotgani, uning 4K-displeyi bo‘lishi aytilmoqda.

Galaxy S6 Edge Plus’ning platformasi esa Qualcomm Snapdragon 808 chipidan iborat bo‘lib, 32 Gbayt flesh-xotira, 16-Mp kamera, 5-Mp frontal fotomodul va 3000 mA/soat hajmli akkumulyatorga ega bo‘ladi. U, Galaxy Note 5 singari, 5.7 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.

Top