18:15 / 10.07.2015
2730

ShHT giyohvandlik muammosi bo‘yicha BMT maxsus sessiyasida umumiy pozitsiyani ifodalaydi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar BMTning 2016 yilgi giyohvandlik muammosi bo‘yicha umumiy pozitsiyadan turib munosabat bildiradi. Bu haqda davlat rahbarlarining narkotahdid muammosi bo‘yicha bayonotida ma'lumot berildi.

“A'zo davlatlar kompleks yondashuv, davlatlarning xalqaro giyohvandlik muammolarini hal qilishdagi umumiy va qo‘shma mas'uliyati asosida kuchlarini birlashtirish, giyohvand moddalar ishlab chiqarilishini global miqyosda yo‘q qilish maqsadida konkret choralar ishlab chiqish muhim deb hisoblaydi”, – deyiladi hujjatda.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmining yuqoriligini, bu Afg‘oniston va boshqa davlatlar taraqqiyoti va xavfsizligiga jiddiy xatar keltirishidan xavotirda ekanliklarini bildirib o‘tishdi.
“Shu tufayli ular narkotahdidga qarshi ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama formatlarda hamkorlik qilishga, xalqaro jamoatchilik harakatlarini birlashtirish va bu muammoni hal qilish yo‘lida hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, – ta'kidlandi bayonotda.

Top