17:41 / 10.07.2015
3160

Sport arbitraj sudi UYeFAning Serbiya va Albaniya uchrashuvi bo‘yicha qarorini bekor qildi

Sport arbitraj sudi (CAS) UYeFAning Yevro-2016 yilgi saralash bahslari doirasidagi Serbiya va Albaniya uchrashuvi bo‘yicha qarorini bekor qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

2014 yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan Serbiya va Albaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetmagan (0:0), o‘yinda kelib chiqqan janjal tufayli keyinchalik Serbiyaga texnik mag‘lubiyat yozilgan va ular uch ochkodan mahrum qilingandi. 

Endilikda yangi qarorga muvofiq Albaniyaga texnik g‘alaba bilan birgalikda uch ochko ham taqdim qilindi. Serbiyadan olib tashlangan uch ochko bo‘yicha qaror o‘z kuchida qoldirildi. Natijada Albaniya terma jamoasi to‘plagan ochkolari soni 10taga yetdi va albanlar I guruhida Daniya terma jamoasi bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lib turishibdi.

Top