01:58 / 11.07.2015
3659

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga xakerlik hujumi qaytarildi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga xakerlik hujumi qaytarildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning matbuot kotibi Georgiy Lobushkin ma'lum qildi.

“Taxminan soat 18.00 larda “VKontakte”ga uyushtirilgan DDoS-hujum qaytarildi”, deb yozdi Lobushkin tvitterda.

Lobushkin foydalanuvchilar hech narsani sezishmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Avvalroq Telegram messenjeri katta miqyosdagi hujumga uchragani ma'lum qilingandi.

Top