21:55 / 11.07.2015
4077

AQSh va koalitsiya IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 34 ta aviazarba berdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya IShID terrorchilik guruhining Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 34 ta aviazarba berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Suriyadagi jangarilar pozitsiyalariga berilgan 17 ta zarbadan 12 tasi nishonga tekkan. Yana 17 ta zarba IShIDning Iroqning 8 shahridagi, shu jumladan Mosul yaqinidagi pozitsiyalariga berildi.

8 iyulda AQSh va ittifoqchilar tomonidan IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 25 ta aviazarba berilgan edi.

Top