23:59 / 11.07.2015
9409

Japan Times: Rossiya va Xitoy dunyo iqtisodiyotiga “chaqiriq tashlamoqda”

Xitoy va Rossiya Yevropa va AQSh tomonidan boshchilik qilinayotgan xalqaro tartibning iqtisodiy va moliyaviy sohalarga chaqiriq tashlash uchun o‘z aloqalarini mustahkamlamoqdalar, deb yozmoqda Japan Times nashri sharhlovchisi Yomiuri Simbun.

Beshta rivojlanayotgan iqtisodiy tizimlarni (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) o‘z ichiga oluvchi BRIKS guruhi Ufadagi uchrashuvdan keyin hamkorlikni mustahkamlash siyosatini ilgari surdilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS ishtirokchilarini dunyo iqtisodiyotiga o‘z ta'sirlarini kuchaytirishga chaqirdi. Xitoy raisi Si Tszinpinning aytishicha, xalqaro iqtisodiy tartiblar o‘zgarayotgan dunyo siyosati ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zgartirilishi kerak.

“Xitoy va Rossiya bu fikrlari bilan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi atrofida aylanadigan va Yevropa, AQSh va Yaponiya atrofida mujassamlashgan xalqaro moliyaviy tizimni o‘zgartirishga o‘z istaklarini namoyish qildilar”, deb yozmoqda sharhlovchi.

9 iyul kuni BRIKS davlatlari davlat banklari Yangi Taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilish haqidagi memorandumni imzoladilar. Tomonlar kelishuvlarda, jumladan kredit xizmatlar ko‘rsatish, valyuta operatsiyalarini o‘tkazish va obligatsiyalar chiqarish, loyihaviy moliyalashtirish qo‘shma dasturlari; investitsion fondlar; kafolat va aksilkafolatlar, jumladan tomonlar tomonidan chiqarilgan qog‘ozlarga, taqdim qilishda ishtirok etish niyatlarini bildirdilar.

Top