18:28 / 11.07.2015
3465

Kasilyas "Real" bazasida futbolchilar bilan xayrlashdi

"Real" jamoasining uzoq yillik darvozaboni Iker Kasilyas Portugaliyaga yo‘l olishi arafasida jamoa bazasiga tashrif buyurgan va futbolchilar bilan xayrlashgan.

AS nashrida yozilishicha, u bugun mahalliy vaqt bilan soat 10:27da mashg‘ulot o‘tkazayotgan futbolchilar oldiga kelgan va mashg‘ulotlarda tanaffus bo‘lib, o‘ziga xos xayrlashuv marosimi o‘tkazilgan.

Shundan so‘ng, u "Real"ning "Portu" bilan o‘zining transferi bo‘yicha shartlarni kelishib olgan va o‘z buyumlarini olib ketgan.

Yaqin soatlar ichida uning "Portu"ga transfer qilingani rasman e'lon qilinadi.

Top