18:03 / 11.07.2015
13435

Marketologlar iste'molchini jalb qilishda qo‘llovchi 10 hiyla

Hidlar xotirani chaqiradi va ularning ta'siri tovush hamda tasvirdan ko‘ra kuchliroqdir. Bu to‘g‘risida yirik kompaniyalarning marketologlari juda yaxshi bilishadi va hid yoki tovushdan o‘z tovarlarining sotilishini ko‘paytirish yo‘lida foydalanishadi.

Bugun biz sizga ko‘pchilik iste'molchi hatto payqamaydigan 10 ta marketing hiylasi haqida so‘zlab beramiz.

1. Applening haqiqiy hidi

MacBook, iPhone va Apple kompaniyasining boshqa mahsulotlari xaridorlari bu qurilmalarning hidini yaxshi biladi. U o‘ziga xos hid bo‘lib, ba'zi xaridorlar uni quticha ichidan chiqyapti, deb o‘ylashadi. Yana ba'zilar esa, hidni qurilmaning qadog‘i beryapti, deya taxmin qilishadi. Diqqatni tortadigan narsa shuki, plastik iPhone qanday hidga ega bo‘lsa, alyumin MacBook ham xuddi shu hidni beradi. Biroq Apple kompaniyasining o‘zi bu “hiyla”ni butunlay inkor qiladi.

2. Holiday Inndagi hidlar

Holiday Inn mehmonxonalar tizimi mijoz xonasi yoki barda iloji boricha uzoqroq qolishi uchun musiqaga mos holdagi hidlar qo‘llaydi. Kompaniya to‘y paytida atirgul, rasmiy uchrashuvlarda esa charm hididan foydalanadi. Hatto basseyndan ham o‘ziga xos hid kelib turadi. Uni ertalablari ventilyatsiya tizimiga qo‘shib yuboriladgan maxsus kukun ta'minlab beradi. Agar mijozlar nimanidir nishonlayotgan bo‘lishsa, Holiday Inn ularning bayramiga mevalar hidini baxsh etadi.

3. Fri kartoshkasining ohangi

McDonald’s kompaniyasi qovrilgan kartoshkalari va o‘zining boshqa yeguliklarini sotish uchun tajovuzkor usul qo‘llaydi. Kompaniya tushlik vaqtida radio orqali haydovchilar uchun maxsus e'lonni eshittiradi. Masalan, reklama e'lonlarining birida qizib, chirsillab turgan yog‘ va avtomobilning o‘t oldirish tizimidan chiqadigan ovozlar oralig‘idagi g‘alati bir tovush ishtirok etadi. Va mana shu tovush fonida qalin ovoda bir kishi haydovchilar ayni damda o‘z mashinalarida qovrilgan kartoshka hidini his qilishini e'lon qiladi. Balki kompaniya reklamada nafislikni ortiqcha, deb baholagandir.

4. Poyafval va gullar

Nike do‘konlarida xaridorlarni qimmatroq oyoq kiyimlari turgan tokchalar tomon undash maqsadida gullar iforidan foydalaniladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar poyafzaldan gul ifori kelib turgan bo‘lsa, o‘rtacha mijoz xarid uchun 10 dollardan ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari do‘konlar devorlari odatda o‘rtacha tondagi tasvirlar tushirilgan yoki qora bezakli oq rangga bo‘yaladi. Bu mijozlarni bo‘shashtirib, xarid uchun ko‘proq mablag‘ sarflashga “majbur” qilish maqsadida qilinadi.

5. M&M’s do‘konlarida ham o‘ziga xos hid bormi?!

Londondagi mashhur “M&M’s  dunyosi” do‘konida hamisha shokoladning kuchli, g‘aroyib hidi kelib turadi. Bir tomondan bu tushunarli – axir do‘konda shokolad mahsulotlari sotiladi-ku. Biroq yaxshilab nazar solsangiz barcha mahsulotlarning qadoqlangan holda sotilayotganini ko‘rasiz. Shokoladning kuchli hidi do‘konda ataylab sotib oluvchilarning ishtahasini ochish maqsadida tarqatiladi.

6. Mushk hidi ko‘proq pul sarflashga majbur qiladi 

Ko‘pincha hidlar insonning to‘g‘ri fikrlash qobiliyatini susaytiradi va tuyg‘ulariga ta'sir etadi. Aromasys kompaniyasining parfyumerlari turli xil muassasalar uchun mos ifor tanlab berishadi. Mirage mehmonxonasi va kazinosidagi iforlarga Polineziya hidlari asos bo‘lgan bo‘lsa, mashhur Bellagiodagi ifor Italiya bilan bog‘lanadi. Venetianda esa mushkning kuchli iforidan foydalaniladi. Ifor bino intereri va maqsadiga hamda unga tashrif buyuruvchi mijozlar turiga qarab tanlanadi. Mushkga esa ko‘pincha mardlik va omad timsoli sifatida qaraladi.

7. Ozish uchun ifor

Insonlar ko‘pincha yuqori kaloriyali mahsulot iste'mol qilayotgani uchun ortiqcha vaznim bor, deb o‘ylashadi. Biroq bu noto‘g‘ri. Slimscents, Aroma Patch va Prends-Moi kompaniyalari insonlar ortiqcha vaznni yo‘qotishga sabab bo‘luvchi iforlarni hidlamayotganliklari uchun semirishyapti, deya ta'kidlashadi. Tushlik vaqtida yangi uzilgan meva va sabzavotlar hididan to‘yib-to‘yib nafas oling.

8. Non isi

Net Cost do‘konlar tizimi iste'molchilar ko‘proq mahsulot sotib olsin uchun iforlardan astoydil foydalanishadi. Do‘konlarning ventilyatsiya tizimidan hamisha shokolad va endi yopilgan non isi yuboriladi. Bu albatta, o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi. Odamlar shokolad va non sotiladigan tokchalar yonida ko‘p turib qolishadi.

9. Murdalardagi dolchin

Dafn byurolarida eng ko‘p qo‘llaniladigan hid bu – dolchin hididir. Bu ifor ishonchli va qulay muhit shakllantirib, shuningdek, murdaning yoqimsiz hidini ham kamaytiradi. Agar jasad tanasi dafn yoki krematsiyadan oldin yaxshilab balzamlanmagan bo‘lsa, doim dolchinning kuchsiz hidini sezish mumkin. Yana bir fakt borki, dolchin hidi mijozlarni dafn byurosi bilan shartnoma tuzishga undaydi. 

10. Samolyotlardagi ifor

Hatto aviakompaniyalar ham turli xil, masalan, Singapore Airlines Stefan Florida Waters nomli iforlardan foydalanadi. Samolyot bortidagi sochiq va styuardessalardan aynan mana shu hid kelib turadi. Shunday qilib, har safar yoningizdan styuardessa o‘tib qolganda atrofga salqinlik va soflik ifori taraladi. Bu albatta, mijozlar kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, yana ushbu kompaniya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradi.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top