10:31 / 11.07.2015
2580

OAV: "PSJ" Zlatan Ibrohimovichni "Milan"ga 5,5 mln yevro evaziga transfer qilishga rozi bo‘ldi

"Milan" jamoasi "PSJ"ning shvetsiyalik hujumchisi Zalatan Ibrohimovichni qo‘lga kiritish borasidagi harakatlarini to‘xtatmayapti.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, "rossonerilar"ning vitse-prezidenti Adriano Galliani ushbu futbolchining agenti Mino Rayola bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Xabarda aytilishicha, "Milan" Ibrohimovich bilan 3 yillik shartnoma imzolab, unga yiliga 6 mln yevrolik maosh to‘lash hamda qo‘shimcha bonuslar berib borishga rozilik bildirgan.

Ma'lum qilinishicha, "PSJ" uni 5,5 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ibrohimovich ikki mavsumni «Milan»da o‘tkazib, 2012 yilning iyul oyida 21 million yevro evaziga «PSJ»ga transfer qilingandi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2016 yilning yozida yakuniga yetadi.

Top