18:11 / 11.07.2015
6768

Opera brauzerining yangi yondosh paneli uchun 7 ta eng yaxshi kengaytma

Yaqinda Opera brauzerining yaratuvchilari yondosh panel aks etgan yangi versiyani omma e'tiboriga havola qildilar. Bu maqolada biz sizga u nima uchun zarurligi haqida gapirib beramiz va uning uchun maxsus yaratilgan bir necha foydali kengaytmalar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ilgari Opera yondosh paneli killer-fichlardan biri edi, shuning uchun ham foydalanuvchilar uni yoqtirar edilar. Saydbar yordamida hozirda ochiq bo‘lgan varaqni yopmasdan yuklanma, pochta yoki eslatmalarni tezkorlik bilan ochish mumkin. Bu haqiqatan ham qulay edi.

Opera new sidebar

Yangi brauzerning yondosh paneli (Ctrl + Shift + S klavishlar yordamida ochiladi) ko‘p tomondan sobiq versiyani takrorlaydi, biroq ular maxsus kengaytmalar yordamida amalga oshirilgan. Bu esa Operadagi saydbarlar imkoniyati vaqti kelib ortib borishiga umid uyg‘otadi, yaratuvchilar esa yangi va yangi kengaytmalarni yaratishda davom etadilar. Hozirning o‘zidayoq yondosh panelda Twitter, RSS-yangiliklar lentasini ko‘rib turishimiz, o‘rnatilgan kengaytmalarni boshqarish, eslatmalar qo‘shish va boshqa ko‘plab vazifalarni amalga oshirishimiz mumkin. Quyida hozirning o‘zidayoq yuklab olish mumkin bo‘lgan Opera yondosh paneli uchun bir necha kengaytmalarga izohlar bilan tanishishingiz mumkin.

V7 Bookmarks

Tanlangan narsani ko‘rib chiqish brauzerning yondosh paneli yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng qulay va mantiqiy funksiyalardan biri. U yordamida yangi kiritmalar (zakladka)ni operativ boshqarish  va ularni o‘chirib tashlash, ularni papkalar orasiga kiritish, yoqtirgan saytlarni ochish mumkin. 

TweetDeck Sidebar

Agar siz Twitter xizmatining ishqibozi bo‘lsangiz va biror daqiqa ham yangiliklarsiz tura olmasangiz (yoki ish yuzasidan ularni kuzatishingiz zarur bo‘lsa), u holda TweetDeck Sidebar kengaytmasi sizga yordamga keladi. U sizga TweetDeck lentasini yondosh panelning o‘zida ochib beradi va yangiliklaringiz lentasini bir ko‘z bilan kuzatib turish imkonini beradi.

SimpleExtManager

Kengaytmalarning mazkur sodda menejyeri kerakli kengaytmalarni yoqish va o‘chirish, ularning sozlagichlariga tezkor ulanish imkonini beradi. Bundan tashqari, siz kengaytmalar guruhini yaratish va sichqonchaning birgina kliki yordamida ularning barchasini faolga aylantirishingiz mumkin. Shunday qilib, bir necha guruh misol uchun, ish uchun yoki o‘yin va multimedia uchun mo‘ljallangan guruhlar yaratib, ular orasida bemalol harakatlanishingiz mumkin.

V7 Notes

Operaning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati yangi versiyada ham saqlanib qolgan. Qayd etish joizki, V7 Notes sobiq eslatmaga qaraganda yomon ishlamaydi, u ham aynan hozir ochiq bo‘lgan sahifadagi iqtibos, link va matnni saqlab qolish kerak bo‘lgan vaziyatda yordamga keladi.

Google Keep Sidebar

Google Keep universalligi va kross-platformaliligi uchun foydalanuvchilarning sevimli xizmatidir. U yordamida bevosita Opera saydbarida tezkor eslatma, ro‘yxat va ovozli yozuvlar yaratish va ularni keyinroq tarmoqda yoki mobil qurilmangizda ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz.

The History Panel

Bu yondosh paneldagi kiritmalar uchun oddiy menejyerdir. Undagi barcha elementlar tashrif vaqti va domenga qarab tartiblangan, qidiruv qatori ham bor. Zarur bo‘lgan sayt ustiga klik amalga oshirib, uni brauzerning yangi sarlavhasida ochish imkoni bor.

InoReader Sidebar

InoReader — onlayn RSS-riderlarning eng yaxshisi. Agar siz undan foydalansangiz, yondosh panel uchun maxsus kengaytmani o‘rnatib oling, u sizga asosiy interfeysni ochmay turib, yangi maqolalarni ko‘rib chiqish imkonini yaratib beradi.

Opera yondosh paneli va uning uchun yaratilgan maxsus kengaytmalar qiziqarli yangilikdir, bu esa brauzerga yanada ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etishi mumkin. Men Operadan asosiy brauzer sifatida foydalanish haqida jiddiy o‘ylab qoldim, siz bunga nima deysiz?

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top