22:38 / 11.07.2015
2457

Ronaldino “Fluminense”ga o‘tishga qaror qildi

Braziliyalik hujumchi Ronaldino o‘z faoliyatini “Fluminense”da davom ettiradigan bo‘ldi.

10 iyul kuni tomonlar futbolchining uyida muzokara o‘tkazishdi. Natijada futbolchi Rio-de-Janeyro klubining taklifini qabul qildi.

Qayd etilishicha, 35 yoshli futbolchi 11 iyulda “Fluminense” bilan shartnoma imzolaydi.

Avvalroq Ronaldino Turkiyaning “Antalyaspor” klubiga o‘tishi ma'lum qilingandi.

Top