18:05 / 11.07.2015
2160

Rummenigge Shvaynshtaygerning “MYu”ga transfer qilinishi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi

"Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl Xaynts Rummenigge yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerning “MYu” tarkibiga o‘tishini rasman tasdiqladi.

“Shvaynshtayger faoliyatining oxirida yangi tajribalarga ega bo‘lmoqchi. Biz "MYu" jamoasi vakillari bilan bu boradagi kelishuvga erishdik. Men shunday saviyadagi o‘yinchimiz ketayotganidan afsusdaman. U jamoa uchun unutilmas ishlarni qildi.
Men unga faqat yaxshilik yor bo‘lishini tilayman. Menimcha, yangi jamoada o‘ynash unga yanada qiziqroq bo‘ladi", deydi u.”, - deydi Rummenigge.

Avvalroq, futbolchi “MYu” bilan 3 yillik shartnoma imzolashi hamda yiliga 10 million yevro maosh olishi xabar qilingandi.

Top