11:04 / 12.07.2015
4170

“Barselona” sobiq bosh direktori: «Neymar klubga 222 mln yevroga tushishi mumkin»

“Barselona” klubining sobiq bosh direktori Joan Oliver hujumchi Neymar klubga qanday pulga aylanishi mumkinligi haqidagi fikrini aytib o‘tdi.

“Barselona”ning yaqin yillardagi moliyaviy istiqbollariga qaraganingda, Neymarning yakuniy bahosi qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi masala tug‘iladi.

Ayni paytda Neymar klubga 100 mln yevroga tushgan. Sud taftishlari va soliq to‘lovlari bu qiymatga yana 122 mln yevroning qo‘shishilishiga olib kelishi mumkin. Natijada Neymar “Barselona”ga 222 mln yevroga aylanishi mumkin”, deb aytdi Oliver.

Agar klubning prezidentlik saylovlarida Joan Laporta yutadigan bo‘lsa, Oliver klubga qaytishi mumkin.

2013 yilda “Barsa” Neymar uchun “Santos”ga 57,1 mln yevro to‘laganini aytgan. Biroq keyinroq o‘yinchining transfer qiymati 86,2 mln yevroni tashkil qilgani ma'lum qilingan.

Neymarning klubga o‘tishi bilan bog‘liq sud jarayoni tufayli Sandro Rosel “Barselona” prezidenti lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan. Rosel futbolchining bitimida 40 mln yevro yashirganlikda ayblangan. Bundan tashqari, jamoa Ispaniya g‘aznasiga 9 mln yevrodan ko‘proq soliq to‘lamagani ma'lum qilingandi.

Top