09:12 / 12.07.2015
4908

“VKontakte” dasturi Google Play-do‘konidan o‘chirib tashlandi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i dasturi Google Play do‘konidan musiqiy asarlarga huquqqa egalik qiluvchi kompaniya shikoyatiga ko‘ra o‘chirib tashlandi, deb yozmoqda “Izvestiya” nashri.

Bu ma'lumotni “VKontakte” matbuot kotibi Georgiy Lobushkin tasdiqladi va kompaniya rahbariyati bu holatning sabablarini o‘rganayotganini ta'kidladi.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, shikoyat eng yirik huquqqa egalik qiluvchi kompaniyalar – Universal Music, Sony Music yoki Warner Music/EMI dan biri tomonidan bildirilgan.

Top