23:17 / 12.07.2015
2419

“Zenit” Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Rossiya Superkubogi uchun Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘rtasida Sankt-Peterburgning “Petrovskiy” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda peterburgliklar g‘alaba qozonib, Superkubokni qo‘lga kiritishdi.

“Temiryo‘lchilar” uchrashuvning 28-daqiqasida Bayye Umar Niassening goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. “Zenit” uchrashuvning 83-daqiqasida Igor Smolnikovning boshi bilan kiritgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangani sababli superkubok taqdiri penaltilar seriyasida hal qilindi. Bunda zenitliklar o‘z imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanishdi.

Rossiya Superkubogi.
Zenit (Sankt-Peterburg) – Lokomotiv (Moskva) – 1:1 (4:2)
Gollar: Niasse, 28 (0:1); Smolnikov, 83 (1:1).

Top