12:17 / 12.07.2015
5920

Donald Tramp Putin va Xitoy bilan do‘st bo‘lmoqchi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri va milliarder Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

“Men 20 yildan beri Rossiya bilan Xitoyning birlashishi bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa ekanligini eshitib kelaman. Biz ularni Obama Putinni yoqtirmagani, Putin esa Obamani hurmat qilmagani uchun birlashtirib qo‘yganmiz”, deb aytmoqda Tramp.

Tramp AQShning harbiy qudratiga asosiy e'tiborni qaratishini ma'lum qildi.

“Men shunchalik kuchli armiya yaratamanki, siz undan hech qachon foydalanishingizga to‘g‘ri kelmaydi”, deb ta'kidlamoqda Tramp.

Top