18:54 / 12.07.2015
3733

Xitoy shimolida yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning shimolida joylashgan Xebey viloyatida pirotexnik omborxonada yuz bergan kuchli portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

Noxush voqea Nintszin uyezdida sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash to‘lqini oqibatida voqea joyidan bir kilometr radius uzoqlikda joylashgan binolarning oynalari chil-parchil bo‘lgan. Internetda joylashtirilgan portlash joyidan olingan suratlarda osmonga ko‘tarilgan quyuq tutunni ko‘rish mumkin.

Voqea joyida shifokorlar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Top