02:42 / 13.07.2015
2396

“VKontakte” dasturi Google Play da tiklandi

“VKontakte” dasturi yana Google Play da paydo bo‘ldi. Bu haqda tvitterda ijtimoiy tarmoqning matbuot kotibi Georgiy Lobushkin ma'lum qildi.

“Android uchun “VKontakte” dasturi Google Play dan olib tanlashgandan keyin, yana joyiga qaytarildi”, deb aytilmoqda xabarda.

Avvalroq dastur huquq egalari shikoyatiga ko‘ra Google Play dan o‘chirib tashlangani ma'lum qilingandi. “Izvestiya” gazetasining ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu holat Universal Music, Sony Music ili Warner Music/EMI dan birining shikoyati sababli yuz bergan.

Top