10:33 / 13.07.2015
10568

7 yoshli o‘zbekistonlik bola Uitni Xyustonning qo‘shig‘ini kuylab, internet yulduziga aylandi

7 yoshli o‘zbekistonlik Jo‘rabek Jo‘rayev Uitni Xyuston qo‘shiqlaridan biri «I Will Always Love You» mega-xitini ijro etish orqali, internet foydalanuvchilarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Ukrainadagi san'at yangiliklari bo‘yicha axborot agentligida Jo‘rabek Jo‘rayevning mahorati dunyodagi millionlab san'at ixlosmandlarining hayratiga sabab bo‘lgani haqida yoziladi.

"Biz bu o‘rinda Motsartni eslashimiz mumkin. U ham 6 yoshida ilk ijrolari bilan Yevropani larzaga solgandi. Bizning zamonamizdagi texnika imkoniyatlarini hisobga oladigan bo‘lsak, Jo‘rabekda o‘zining auditoriyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud", deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etish joizki, 2013 yilning dekabrida Jo‘rayev Andrey Malaxov muallifidagi Birinchi kanal ko‘rsatuvlaridan biriga taklif etilgan va o‘shanda u o‘z kumiri Nargiza Zakirova bilan uchrashgandi. U 4 yoshida Botir Zokirovning "Arab tangosi" hamda Daler Nazarovning "Chok choki boron" nomli qo‘shiqlarini ijro etish orqali ham internetda mashhur bo‘lgandi.

Top