10:51 / 13.07.2015
2018

Bartomeu: "Barselona B" jamoasining uchinchi divizionga tushib ketishi xatolarimiz tufayli bo‘ldi

"Barselona" jamoasi prezidenti "Barselona B" jamoasining segundadan tushib ketishi bo‘yicha izoh berib o‘tdi.

"O‘ylashimcha, "Barselona B" jamoasining uchinchi divizionga tushib ketgani, mavsumdagi rejalarimizning bir qismi bajarilmaganini ko‘rsatadi. Biz bu borada qayerdadir xatoga yo‘l qo‘ydik. Ba'zida biz bu jamoaning eng yaxshi o‘yinchilarini asosiy jamoaga juda erta jalb qilamiz.

Lekin, eng asosiysi La Masiyada yosh futbolchilar ta'lim olishda davom etishadi", deydi Bartomeu.

Top