07:14 / 13.07.2015
3869

Bild: MXA Germaniya sobiq kansleri Shryoder orqali Putinning orqasidan kuzatmoqchi bo‘lgan

AQSh maxsus xizmatlari Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoder o‘z lavozimidan ketgandan keyin ham uning Rossiya bilan yaqinligi sababli uning orqasidan kuzatishni davom ettirgan. Bu haqda AQSh maxsus xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda Bild am Sonntag nashri xabar bermoqda.

Shryoder o‘z lavozimini 2005 yilda tark etgandan keyin Rossiya energetika sektori bilan qiziqa boshlagan. 2006 yilda sobiq kansler “Gazprom” tomonidan nazorat qilinuvchi “Nord Stream AG” kompaniyasi aksionerlari qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.

Bundan tashqari, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Shryoderning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan do‘stona munosabatlarda ekanidan foydalanib, uni kuzatgan holda Putin haqida ma'lumot olmoqchi bo‘lgan.

Avvalroq WikiLeaks saytida MXA o‘nlab yillar davomida Germaniyaning 3 nafar kansleri ortidan kuzatgani haqidagi hujjatlar chop etilgan edi.

Top