00:32 / 13.07.2015
5054

Janubiy Koreya vizalarning uzaytirilishini e'lon qildi

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi 2015 yilning 6 iyulidan bir martalik vizalarning barcha turlarining amal qilish muddatini 3 oylik muddatdan 6 oylik muddatga uzaytirilishini e'lon qildi.

Bu muddatlar Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) kasalligining paydo bo‘lishigacha va u paydo bo‘lgandan keyingi davrlar bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Vizalarning uzaytirilishi Koreya respublikasiga turistik oqimning oshirilishi bo‘yicha loyihalar doirasida amalga oshirilmoqda.

Ushbu qaror Janubiy Koreyaga safarlar uyushtirish bilan shug‘ullanadigan sayyohlik tashkilotlarida muammolarni bartaraf etish maqsadida ham qabul qilindi.

Top