18:55 / 13.07.2015
3157

Maksim Shatskix havaskor jamoa safiga o‘tdi

Maksim Shatskix Vinniki shahrining havaskor jamoasi hisoblangan “Rux” klubi safiga o‘tdi.

U yangi jamoasi bilan 2015 yilning oxirigacha shartnoma tuzgan.

Avvalroq, Shatskix to‘p surayotgan “Goverla” klubi iqtisodiy inqirozlar ko‘chasiga kirib qolgani xabar qilinayotgandi.

“Rux” klubiga kelib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdim. Klub prezidenti futbolni yaxshi ko‘rishini bilaman. Bu narsa jamoadagi shart-sharoitlardan ham bilinib turibdi. Menga aytishlaricha, bu yerda yashash uchun ham hamma qulayliklar borakan. Endilikda faqat futboldan rohat olib to‘p surish qoldi xolos”, - deydi Shatskix.

Top