19:12 / 13.07.2015
2485

"Manchester Yunayted" Shnayderlin transferini e'lon qildi

"Manchester Yunayted" jamoasi "Sautgempton"dan fransiyalik yarim himoyachi Morgan Shnayderlinning transfer qilinganini rasman e'lon qildi.

Ushbu 25 yoshli futbolchi 24 mln funt evaziga xarid qilingan va u bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.

"Menga "Manchester Yunayted" jamoasidan qiziqish mavjudligini bilganimda bu taklifga o‘ylanib o‘tirmasdan rozilik bildirdim", deydi Shnayderlin.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qilishiga qaramasdan, o‘tgan mavsumda "Sautgempton" safida 26 o‘yinda 4ta gol urib, 2ta golli pas muallifiga aylangan.

Top