10:04 / 13.07.2015
3353

Nintendo kompaniyasi prezidenti va “Mario” o‘yinining yaratuvchisi vafot etdi

Yaponiyada Nintendo kompaniyasining prezidenti Satoru Ivata 56 yoshida vafot etdi. Ivata mashhur “Mario” o‘yinining yaratuvchilaridan biri sifatida ham tanilgan. Ivata 11 iyul kuni o‘t yo‘lidagi (zarda oqib ketadigan tomir) o‘smadan vafot etdi.

Ivata 2000 yildan beri Nintendo korporatsiyasiga boshchilik qilib kelayotgan edi. Ivata ungacha vidoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi HAL Laboratory kompaniyasida ishlagan. Ivata bu kompaniyadagi 13 yillik faoliyati davomida oddiy xodimdan kompaniya prezidenti lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Ivata 2000 yilda Nintendo’ga o‘tgandan keyin yana ikki yil davomida HAL Laboratory prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Satoru Ivata jasur shopmo‘ylov santexnik Mario haqidagi kompyuter o‘yinining mualliflaridan biri hisoblanadi. Ekspertlarning fikricha, bu o‘yin zamonaviy madaniyatga katta ta'sir ko‘rsatgan. O‘yin qahramoni Mario kompyuter o‘yinlarining eng taniqli qahramoni hisoblanadi, Ginness rekordlar kitobida kompyuter o‘yinlarining 50ta eng yaxshi qahramoni ro‘yxatida 1-o‘rinni egallab kelmoqda. 1993 yilda tarixda birinchi marta ushbu o‘yin asosida videoo‘yinga asoslangan “Super aka-uka Mariolar” filmi suratga olindi. Uning qahramonlari Mario va uning ukasi Luiji bo‘lgan.

Top