23:57 / 13.07.2015
2503

Obama giyohvand moddalar bo‘yicha jazolangan 46 nafar mahbusni afv etdi

AQSh prezident Barak Obama giyohvand moddalar tufayli qamalgan 46 nafar mahbusning afv etilishi haqidagi farmonni imzoladi.

Obama o‘zining videomurojaatida mamlakat zo‘ravonlik amalga oshirmagan jinoyatchilarning qamoqxonalarda saqlanishi uchun har yili 80 mlrd dollar sarflashini ma'lum qildi.

Obamaning aytishicha, u afv etganlardan ko‘pchiligi giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha bir necha yillar yoki o‘nlab yillarga jazolangan. Ulardan bir qismi 20 yillik, 14 kishi esa umrbod qamoq jazosi olgan. Obama bu jazolar ular amalga oshirgan jigoyatlarga mos kelmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Amerika – ikkinchi imkoniyatlar mamlakati”, deb aytdi Obama va afv etilganlarga tuzalishlari uchun yana bir bor imkoniyat berilganini ta'kidlab o‘tdi.

Bu haqda Oq uy Obamaning Filadelfiyadagi nutqi oldidan ma'lum qildi. Obama bu nutqida jinoiy sudlovni isloh qilishdagi o‘z fikrlari bilan bo‘lishishni rejalashtirgan.

Top