07:30 / 13.07.2015
2418

OMSKdagi harbiy kazarma binosi qulab tushishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

12 iyul kuni kechasi Rossiyaning Omsk shahrida harbiy o‘quv markazi binosi qulab tushdi.

Ma'lum qilinishicha, hozicha vayrona binolari ostidan 2 kishining jasadi topilgan. Jarohatlangan 11 kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Taxminlarga ko‘ra, halokatdan oldin binoda 37 kishi bo‘lgan.

Voqea joyiga Moskvadan maxsus komissiya tekshiruv o‘tkazish uchun yetib kelgan.

Avvaliga halokatga binoning eskirib ketgani sabab bo‘lgani haqida aytilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bino yaqinda qurilgandi va qurilish jarayonida e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgani halokat sababi bo‘lishi mumkin.

Top