16:52 / 13.07.2015
2975

O‘tgan hafta O‘zbekistonda 427ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan haftada O‘zbekiston hududida 427ta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar qilmoqda.
Turli sabablarga ko‘ra kelib chiqqan yong‘inlarda olti kishi tan jarohati olgan. 2.3 mlrd so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 1.7 mlrd so‘m moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Jumladan, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi R. Akbarovning xonadonida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning tomi, shift qismi va jihozlari zararlandi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida aynan shu sabab bilan A. Halimovning xonadonida ham yong‘in kelib chiqib, uy tomining asosiy qismi yonib ketdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S. Qahhorovlar oilasida esa bolalar gugurt chaqib, qog‘oz o‘ynashi yong‘inga sabab bo‘ldi. Olov uyning tom va shift qismini yoqib yubordi.

Top