09:16 / 13.07.2015
7335

Saxalinda 21 yoshli qizning nomusiga tajovvuz qilgan 5 nafar o‘zbekistonlikdan 2 nafari qo‘lga olindi

Rossiyaning Janubiy-Saxalinsk shahrida 21 yoshli qizning nomusiga tajovvuz qilgan ikki nafar 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi huquq-tartibot muassasalari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Saxalin viloyati tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyat 7 iyuldan 8 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan. Jinoyatga jami 7 kishi aloqador bo‘lgan, biroq ulardan 5 nafari bevosita zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi o‘z dugonasi bilan gumonlanayotganlardan birining uyiga mehmonga kelgan. U yerda yana 5 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Spirtli ichimlik iste'mol qilgandan keyin yigitlar mast holatda qizning hayotiga tahdid qilib, uning nomusiga tajovvuz qilishgan.

Ayni paytda jinoyatning boshqa ishtirokchilarining shaxsi aniqlashtirilmoqda. Tergov jarayoni davom etmoqda.

Top