00:15 / 13.07.2015
3450

Turkmaniston “Gazprom”ga bildirgan e'tirozlarini biroz yumshatdi

Turkmaniston Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasining to‘lovlarni amalga oshira olmayotgani borasidagi avvalgi e'tirozlarini o‘zgartirib, bu holatga “shartnoma majburiyatlarini nazarga ilmaslik” deya ta'rif berdi. E'tiroz matni Turkmaniston neft-gaz sanoati hukumat saytida chop etildi.

8 iyulda Turkmaniston “Gazprom” tomonidan turkman gazi uchun haq 2015 yildan beri to‘lanmayotganini ta'kidlab, uni to‘lovlarni amalga oshirmayotganlikda ayblagan edi.

“Gazprom eksport” MChJ hech qanday sabablar keltirmay, yetkazib berilgan turkman gazi uchun deyarli haq to‘lamayapti”, deyilgan edi uch kun avval chop etilgan xabarda.

Turkmanistonda haqni to‘lashdagi muammolar Rossiyadagi moliyaviy vaziyat bilan bog‘lanmoqda.

Top