07:34 / 13.07.2015
5020

Ukrainaning “O‘ng sektor” tashkiloti mamlakat hukumatiga rasman shartlar qo‘ydi

Ukrainaning “O‘ng sektor” (“Pravyy sektor”) tashkiloti mamlakat hukumatiga rasman shartlar qo‘ydi. Bu haqda “Podrobnosti” portali xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, “O‘ng sektor” jangchilari Ukraina hukumatidan quyidagilarni: Ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning iste'foga chiqarilishi, IIVning Karpatorti rahbariyatini javobgarlikka tortish, kriminal avtoritet Lano va uning sheriklarini jinoiy javobgarlikka tortish, jangchilarning aytishicha, Lano tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan Viktor Medvedchukka (“Ukrainskiy vybor” partiyasi yetakchisi) qarshi jinoiy ish ochilishi hamda “barcha siyosiy mahbuslar”ning ozod etishni talab qilishmoqda

Avvalroq ham Kiyevda prezident ma'muriyati binosi yonida norozilik namoyishini o‘tkazgan “O‘ng sektor” vakillari hukumatga shartlar qo‘ygan edi.

Top