10:24 / 14.07.2015
1832

"Arsenal" Jyenkinsonni "Vest Xem"ga yana bir mavsum uchun ijaraga berdi

"Arsenal" jamoasining yosh himoyachisi Karl Jyenkinson keyingi mavsumni ham Londonning boshqa bir jamoasi "Vest Xem"da o‘tkazadi.

O‘tgan mavsumda ham ushnu 23 yoshli futbolchi "bolg‘achilar" safida ijara asosida harakat qilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Karl Jyenkinson "Vest Xem"ning keyingi mavsum uchun yangi liboslarini kiyib tushgan suratlari ham paydo bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, u o‘tgan mavsumda "Vest Xem" bilan APLning 32 o‘yinida maydonga tushib, 2ta golli pas uzatgan.

Top