19:26 / 14.07.2015
2596

BAA birinchilardan bo‘lib Eronni “oltilik” bilan kelishuvga erishgani bilan tabrikladi

Birlashgan Arab Amirliklari Fors ko‘rfazidagi davlatlardan birinchi bo‘lib Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvga izoh berib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

BAA prezidenti Xalifa ibn Zohid al-Nahayan BAA kelishuvlar imzolanganini qarshilashini aytdi. Mamlakat rahbariyati ushbu munosabat bilan Eron prezidenti Xasan Ruhoniyga tabriknoma yubordi.

Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar hozircha Vena kelishuvlariga izoh berishmadi. Bu davlatlar elitalarining fikricha, ushbu kelishuvlar muvaffaqiyati Eronga arab davlatlarining Yaqin Sharqdagi dushmanlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga imkon beradi.

Top