11:28 / 14.07.2015
10245

Baliqchi qush sayyohning kamerasini olib qochib, yuqoridan go‘zal manzarani suratga oldi

Germaniyalik sayyoh Martin Lozano o‘zining GoPro kamerasini baliqchi qushlarni kuzatish maqsadida yuqoriga joylashtirdi. Biroq qiziqqon qush Martin o‘ylagandan yaqinroq joyda edi va kamerani ko‘rib, uni o‘zi bilan parvoz qilishga olib ketdi.

Atrofdagi sayyohlarning shovqini qushning parvozini uzoq davom etishiga xizmat qildi va u Ispaniyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Ilyas Sies orolining yuqoridan go‘zal ko‘rinishini suratga oldi.

Martinning baxtiga, qush biroz parvozdan so‘ng kamerani uloqtirdi va suratga olish jarayonini ajoyib selfi bilan yakunladi.

Top