19:10 / 14.07.2015
12267

Boshqa klub libosida tasavvur qilishimiz amrimahol bo‘lgan 10 nafar futbolchi

“Liverpul”ning afsonaviy futbolchisi Stiven Jyerrard “Gelaksi” kiyimini kiyib bo‘lishga ulgurdi, “Real” darvozaboni Iker Kasilyas esa “Portu” safiga o‘tdi. Ko‘pchilik muxlislar Kasilyasni avvalgi ko‘rinishida eslab qoladilar va darvozabonning yangi ko‘rinishiga ko‘nikishlari dargumon bo‘lsa kerak.

Yangi hayotni istab qolgan yana bir afsonaviy futbolchi Bastian Shvaynshtayger ko‘z ochib ko‘rgani “Bavariya”ni tark etib, “Manchester Yunayted”ga o‘tmoqchi.

Bastian Shvaynshtayger “Bavariya”da 1998 yildan beri to‘p surib keladi va 2015 yilda uni tark etmoqda.

Quyida boshqa klublar safida tasavvur qilishimiz aslo mumkin bo‘lmagan yana bir necha nafar afsonalarni esga olamiz.

Andres Inesta («Barselona»)

Inesta “Barselona” tizimida 12 yoshidan beri faoliyat yuritadi, 18 yoshidan esa asosiy tarkibda to‘p surib keladi. Endi u Xavisiz qolgan bir paytda yaqin orada Turon bilan asosiy tarkibdan joy bo‘lishishiga to‘g‘ri keladigan ko‘rinadi, biroq 31 yoshda xayrlashuv onlariga hali ancha borligiga ko‘ngilni to‘q qilsa bo‘ladi.

Lionel Messi («Barselona»)

Ko‘pchilik Messini boshqa klub va chempionatga yuborishni va u qanchalik buyuk ekanligini tekshirib ko‘rishni istashadi, biroq argentinalik superyulduzning “Barselona”dan ketishini tasavvur qilish hali ham ehtimoldan yiroq.

Franchesko Totti («Roma»)

Tottining nomi ko‘p yillar davomida “Roma” nomi bilan birga tilga olinganidan ko‘pchilik “Roma”ning nomi uning ismi bilan tilga olinadigan darajaga yetib borganini payqamay ham qolishibdi.

Filipp Lam («Bavariya»)

Hali ham Lamning “Shtutgart” tarkibida uzoq payt ijarada to‘p surganini eslovchi muxlislar talaygina, biroq Lamni “Bavariya”da bo‘lmaganini eslay olmaydigan odamlar ulardan anchagina ko‘proq.

Antonio Di Natale («Udineze»)

Di Natale bilan umuman boshqa voqea. Top-klubga sadoqatni saqlab qolish uncha ham murakkab ish emas, biroq katta ishlardan va unvonlar uchun kurashdan voz kechib, “Udineze” kabi o‘rtamiyona jamoaga sadoqatli bo‘lib qolish murakkabroq ishdir.

Jon Terri («Chelsi»)

Rafiqangga xiyonat qilishing mumkin, biroq “Chelsi”ga xiyonat qila olmaysan. Yoshlik qilib, bir marta qilib qo‘yganingni hisobga olmasa.

Igor Akinfeyev (TsSKA)

Akinfeyevni masxara qilsa, uni koyisa va tanqid qilsa bo‘ladi, biroq TsSKA darvozasini undan boshqa darvozabon qo‘riqlayotganini tasavvur qilish qiyin.

Aka-uka Berezutskiylar

Aka-ukalarning ikkisi ham “Torpedo-ZIL”da o‘ynagan, Aleksey yana “Chernomorets” da ham to‘p surgan, biroq buni eslashga allaqachon hojat yo‘q. TsSKAning yangi tarixidagi barcha muvaffaqiyatlarni aka-ukalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top