11:40 / 14.07.2015
7119

Davlat raqobat qo‘mitasi tuxum va shakar narxini nazorat qilmoqda

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi tuxum va shakar narxini nazorat qilmoqda. Bu haqda idoraning reklama faoliyatini nazorat qilish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov “Pravda Vostoka” gazetasida chop etilgan materialida ma'lumot berdi.
Aytilishicha, shakarning hukumat topshirig‘i bilan o‘rnatilgan narxi – 3 200 so‘m – doimo monitoring qilib borilmoqda. Ushbu narxni asossiz oshirib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida nazorat ishlari kuchaytirilgan.
Bundan tashqari, tuxumni aholiga realizatsiya qilish narxi 270-300 so‘m deb belgilangan. Agar parrandachilik fabrikasi ishlab chiqarish hajmlarini buzsa va narxlarni oshirib yuborsa, qo‘mita uni tuxum yetkazuvchi korxonalar ro‘yxatidan chiqarib tashlashi mumkin.

Top