14:19 / 14.07.2015
2958

Hindiston bosh vazirining Tojikiston safari chog‘ida 3ta kelishuv imzolandi

13 iyul kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Tojikistonga rasmiy safari doirasida 3ta yangi kelishuv imzolandi. Ular ilgari imzolangan 59ta hukumatlararo va idoralararo hujjatga qo‘shimcha bo‘ldi.

Tojikiston prezidentining rasmiy saytida xabar qilinishicha, yangi shartnomalar siyosat, ta'lim va madaniyat sohalarini qamrab oladi. Xususan, Tojikiston va Hindistonning hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma bayonoti, Tojikiston umumta'lim maskanlarida kompyuter laboratoriyalarini yaratish bo‘yicha hukumatlararo memorandumni almashish bo‘yicha kelishuv hamda ikki davlat madaniyat vazirliklari o‘rtasida 2016-2018 yillarda madaniyat va san'at sohasida hamkorlik dasturi imzolandi.

Ushbu hujjatlarning imzolanishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ilgari qo‘llanmagan imkoniyatlarini ochishga xizmat qilishi ta'kidlanmoqda.

Top