08:42 / 14.07.2015
3862

Jokovich va Uilyams Uimbldon turniridagi g‘alabani birgalikda nishonlashdi

29 iyundan 12 iyulgacha bo‘lgan muddat davomida London shahrida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida Yer yuzining amaldagi birinchi raqamli tennis yulduzlari Novak Jokovich va Serena Uilyams bosh mukofotni qo‘lga kiritishgani haqida xabar berilgan edi.

Serbiyalik Novak Jokovich erkaklar, amerikalik Serena Uilyams esa ayol tennischilar o‘rtasidagi musobaqada barcha raqiblarini mag‘lub etishdi.

Musobaqa yakuniga yetgach, bu ikki tennischi o‘ziga xos sahna ko‘rinishini namoyish etib berishdi.

Bu marosim haqida Jokovichning rafiqasi ham oldindan ogohlantirilgan.
"Ey Serena. Novak mendan sen bilan raqs tushishiga ruxsat berishimni so‘radi. Tayyorlanaver", deb Uilyamsga murojaat qiladi Yelena Ristich.

Top