00:53 / 14.07.2015
3704

Putin davlatning ofshor kompaniyalardan xarid qilishini taqiqlab qo‘ydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ofshor kompaniyalaridan davlat xaridlarini amalga oshirishni taqiqlash haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot portalida chop etilgan.

Davlat xaridlarini amalga oshirish uchun tenderlarda qatnashuvchi da'vogarlar xaridlarni amalga oshirish komissiyasi tomonidan tekshiriladi. Agar komissiya kompaniya ofshor hududlarga tegishli ekanligini aniqlasa, bu kompaniyaning tenderda ishtirok etish uchun arizasi rad etiladi.

Hujjatga berilgan izohda bu qonun loyihasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va import o‘rnini bosish uchun qo‘shimcha rag‘batlarni yaratish hamda Rossiya iqtisodiyotini ofshorsizlashtirishga qaratilganligi aytilgan.

Qonun loyihasi bilan davlat xaridini bir yetkazib beruvchi orqali amalga oshirish zarurligi belgilab qo‘yilgan. Bunday cheklovlar ta'lim muassasalari va kutubxonalarga nisbatan kiritilmoqda. Gap xorijiy ma'lumotlar va manbalarga yo‘llash huquqini sotib olish haqida ketmoqda

Avvalroq sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin ofshorsizlashtirish haqidagi qonun iqtisodiy o‘sishga yordam bermay, faqatgina tekshiruvlar sonini ko‘paytirishi haqidagi fikrni bildirgan edi.

Top