17:37 / 14.07.2015
6371

Qozog‘istonida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Qozog‘istonning Akmola viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida ikki nafar fuqaro haloka bo‘ldi. Yana ikki nafari mahalliy shifoxonalardan biriga yotqizildi. Bu haqda «Novosti-Kazaxstan» agentligi mahalliy huquq-tartibot organlari bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, voqea «Astana-Yereymentau-Shiderty» trassasida sodir bo‘lgan. « Toyota Camry» rusumli avtomobilni boshqargan 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qarama-qarshi yo‘lga chiqqan va boshqaruvni yo‘qotgan. natijada 1974 va 1978 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

Mashina haydovchisi va 24 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Yana bir yo‘lovchi esa hozirda o‘z uyida ambulatorlik ko‘magini olmoqda. Mazkur voqea yuzasidan Qozog‘iston jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top