16:28 / 14.07.2015
4308

Rossiya AQShdan aksilraketa mudofaasi bo‘yicha rejalarning bekor qilinishini kutmoqda

Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erilishi munosabati bilan Rossiya AQShning Yevropada aksilraketa mudofaa tizimini yaratish borasidagi rejalarining bekor qilinishini kutmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bayonotiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Lavrov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida AQSh prezidenti Barak Obama 2009 yili Pragadagi chiqishida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda Yevropada bunday tizim yaratishga ehtiyoj qolmasligini aytganini eslatib o‘tdi.
Uning fikricha, Rossiya diplomatlari bu faktga amerikalik hamkasblarining diqqatini tortdi va endi ularning javobini kutmoqda.

Top