12:55 / 14.07.2015
2823

Rossiya Futbol ittifoqi Kapelloga 930 mln rubl tovon puli to‘laydi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello iste'foga chiqarilishi tasdiqlandi va unga tovon puli sifatida 930 mln rubl to‘lanishi ma'lum qilindi.

"R-Sport" nashrida yozilishicha, uning iste'fosi haqida bugun, 14 iyul kuni Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Nikita Simonyan tomonidan rasman e'lon qilinadi.

Biroz oldinroq, ushbu 69 yoshli italiyalik mutaxassis bilan mavjud shartnoma 15 iyul kuni bekor qilinishi haqida ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya termasi Yevro-2016 saralash bosqichining G guruhida 8 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Top