22:50 / 14.07.2015
25293

Sobiq o‘zbekistonlik noyob katerni qurib bitkazishda Putindan yordam kutmoqda

Sobiq o‘zbekistonlik Vladimir Volodin Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga o‘zi ixtiro qilgan “Glissada” deb nomlanuvchi noyob katerni qurib bitkazishda yordam berishiga umid bildirmoqda.

“Bryansk Today” nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq toshkentlik Vladimir Putinga unga yarim million rubl turadigan ushbu kater loyihasini amalga oshirishda ko‘mak berishini so‘rab maktub yo‘llagan.

“Desna daryosi bo‘ylab eski barjadan qurilgan “sudralib yuruvchi” “Tsesna” shaharliklarning talabiga javob bermaydi. Gaplarga qaraganda, bu barjada bunday sekin safar uchun chipta 1000 rublni tashkil qiladi. “Glissada”da esa bir soatlik safar uchun haq kattalar uchun 300 rubl, bolalar uchun 150 rubl qilib belgilangan. O‘ylashimcha, tezlikni yaxshi ko‘radiganlar uchun bu maqbul haq hisoblanadi”, deb aytmoqda 70 yoshlik ixtirochi.

Top