12:56 / 14.07.2015
2335

Tailand Turkiyaga 50 nafar uyg‘ur qochqinini deportatsiya qilishi mumkin

Tailandda qolgan 52 nafar uyg‘ur qochqini, ularning noqonuniy faoliyati isbotlari Xitoy tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, Turkiyaga deportatsiya qilinadi. Bu haqda Tailand bosh vaziri general Prayut Chan-Ocha milliy televideniyening to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri chog‘ida bayonot berdi.
Uyg‘ur qochqinlarining katta guruhi Xitoyga qaytarib yuborilishi jahon hamjamiyatining keskin tanqidiga uchragach, mamlakat hukumati ushbu masalani o‘z nazorati ostiga oldi.
“Biz Tailandda qolgan uyg‘urlarning fuqaroligini tekshirishda davom etmoqdamiz. Ular mamlakatga noqonuniy ravishda bir yil muqaddam kirib kelgan. Shuningdek biz XXR hukumatidan axborot kutmoqdamiz – ularning Xitoy hududida noqonuniy faoliyat yuritganligining isboti borligi aytilgan edi. Agar ularning aybi bo‘lmasa, biz ularni Turkiyaga chiqarib yuboramiz”, – dedi general.
Xitoy va Turkiya uyg‘ur qochqinlarini o‘zlariga topshirish borasida murojaatnomalar bilan Tailand hukumatiga chiqmoqda.
Seshanba kuni Tailand xavfsizlik kengashi rahbari boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga yo‘l olib, Xitoyda diniy ekstremizmda ayblanayotgan va deportatsiya qilingan 109 nafar qochqinning saqlanish sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi.

Top